Bu haqdagi ma'lumotni Astana shahri Politsiya departamenti tasdiqladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Astanadagi stomatologik klinikalardan birida yosh yigit vafot etgani haqida xabar tarqalgan edi.
Xabarda aytilishicha, 2005 yilda tug'ilgan yigit tishini davolatish uchun stomatologiyaga kelgan va sog'lig'idan shikoyat qilmagan. Stomatolog bemorga allergiya sinovisiz dori yuborgan. Ukoldan keyin Murat ismli bolada tirishishlar boshlanib, ahvoli keskin yomonlashgan. Shunga qaramay, unga dori yana bir bor yuborilgan. Shundan so'ng bola vafot etgan.
Shuningdek, inyeksiyani allergiya sinovisiz amaliyotchi (praktikant) qilgani, stomatolog esa vaziyatni lozim darajada nazorat qilmagani aytilmoqda. Yonida 1993 yilda tug'ilgan hamshira ham bo'lgan.
Hozirda Astana shahri Politsiya departamenti tomonidan mazkur holat yuzasidan sudgacha tergov ishlari olib borilmoqda.






