Uning ta'kidlashicha, Livandagi vaziyat hali ham barqaror emas, hududda Isroil havo hujumlari davom etmoqda, “Hizbulloh” esa raketa va dronlar bilan javob qaytarmoqda. Shuning uchun hozirgi sharoitda tinchlikparvar kuchlarni olib chiqish to'g'ri qaror bo'lmasligi qayd etildi.
Fu Kong BMTdan iyun oyida kutilayotgan yangi hisobotdan so'ng yakuniy pozitsiya bildirilishini ham ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, UNIFIL missiyasi so'nggi paytlarda katta yo'qotishlarga duch kelgan. Hujumlar natijasida bir necha tinchlikparvar xodimlar halok bo'lgan, yana bir necha kishi jarohat olgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bu hodisalarni qoralab, tinchlikparvarlar xizmat vazifasini bajarayotganda o'qqa tutilishini qabul qilib bo'lmasligini ta'kidlagan.






