BAA Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi mamlakat havo makoni to‘liq ochilgani va avval xavfsizlik sababli joriy etilgan barcha profilaktik cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, qaror aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha vaziyat har tomonlama baholanganidan so‘ng, tegishli idoralar bilan hamkorlikda qabul qilingan. Shu bilan birga, mamlakat aviatsiya tizimida odatiy parvozlar rejimi qayta tiklandi.
Ta’kidlanishicha, BAA tomonidan havo makonidagi xavfsizlik ustidan 24 soat davomida haqiqiy vaqt rejimida uzluksiz monitoring olib boriladi. Bu chora yuqori darajadagi aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini bildirgan.
Shuningdek, Qatar, BAA, Bahrayn va boshqa arab davlatlari xavfsiz deb e’lon qilinib, reyslar qayta tiklanmoqda.






