AsosiyJamiyat

Andijonda “shantaj” uchun 7 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Tovlamachilikka yo‘l qo‘ygan shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

'Andijonda “shantaj” uchun 7 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda Oltinko‘l tumani Ichki ishlar  bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik bilan bog‘liq yana bir jinoyat fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1983 yilda tug‘ilgan shaxs arizachi fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan holati bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limiga ariza bergan. Ushbu shaxs fuqaroning oila a’zolariga bu holatni aytib, uni sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Mazkur harakatlarni bajarmaslik va qilgan arizasini qaytarib olish evaziga fuqarodan 7000 AQSH dollar talab qilgan.

Tovlamachilikka yo‘l qo‘ygan shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar