AsosiyDunyo

Parijda noodatiy norozilik: prezident haykali elchixonaga olib chiqildi

Haykalni ko‘tarib olgan 10 ga yaqin faol Rossiya bayrog‘i fonida Parijdagi Rossiya elchixonasi oldida miting o‘tkazdi.

'Parijda noodatiy norozilik: prezident haykali elchixonaga olib chiqildi'ning rasmi

“Greenpeace” harakati faollari Parijdagi “Greven” muzeyiga ishchi kiyimida kirib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mum haykalini o‘g‘irlab chiqishdi.

Ular haykalni adyolga o‘rab, xizmat eshigi orqali olib chiqishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, skulptura qiymati 40 ming yevroga teng.

Bu g‘ayrioddiy aksiyaning asosiy maqsadi — Rossiyadan gaz, atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i va o‘g‘it sotib olishga qarshi norozilik bildirish bo‘ldi.

Haykalni ko‘tarib olgan 10 ga yaqin faol Rossiya bayrog‘i fonida Parijdagi Rossiya elchixonasi oldida miting o‘tkazdi.

Ularning bannerida quyidagi so‘zlar bitilgan edi: “Ukraina yonmoqda, biznes esa davom etmoqda”.

“Greenpeace” bu orqali Fransiyaning urush davom etayotgan bir vaqtda Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolayotgani va bu bilan Kremlga bilvosita moliyaviy ko‘mak ko‘rsatayotganini ochiq tanqid qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 17:43

    Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?

    Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda qayd etilgan kuchli tabiiy ofatlar inson omili bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishi natijasidir. Ular nafaqat harorat oshishi, balki ofatlar soni va kuchayishi bilan ham namoyon bo‘lmoqda.

    'Ahmad ash-Shara AQSHga boradi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 17:03

    Ahmad ash-Shara AQSHga boradi

    Tashrif davomida u BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

    'Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 13:55

    Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

    Hozirda sobiq davlat rahbari ekskursiyalar o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarning savollariga javob bermoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 13:51

    'Ilon Mask Trampning qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasini “jirkanch” deb atadi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 11:25

    Ilon Mask Trampning qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasini “jirkanch” deb atadi

    Mashhur milliarder Ilon Mask AQSH Kongressida ko‘rib chiqilayotgan yangi xarajatlar haqidagi qonun loyihasini keskin tanqid qildi.

    'Japarov Atamboyevni afv etmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 10:54

    Japarov Atamboyevni afv etmoqchimi?

    Qirg‘iziston yetakchisi sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevga nisbatan chiqarilgan sud qaroriga izoh berdi.