AsosiyDunyo

Yaponiyada xodimlarini jaziramada ishlatgan kompaniyalar jazolanadi

O‘tgan yili yuqori harorat sabab 30 kishining o‘limi qayd etilgan.

'Yaponiyada xodimlarini jaziramada ishlatgan kompaniyalar jazolanadi'ning rasmi

Yaponiyada kompaniyalar xodimlarini jaziramada ishlatsa 3500 dollargacha jarimaga tortiladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi qonun o‘tgan yili yuqori harorat tufayli ish joyida 30 kishining o‘limi va 1200 ga yaqin jarohatidan keyin qabul qilingan.

Qurbonlarning aksariyati qurilish yoki ishlab chiqarishda ishlagan.

Qonun kompaniyalardan ish joylarida konditsionerdan foydalanishni va kerak bo‘lganda shifoxonalarga shoshilinch transportni ta’minlashni talab qiladi. Havoning harorati bir soatdan ko‘proq vaqt davomida yoki bir kun ichida to‘rt soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida 31 darajadan oshadigan ish joylari uchun maxsus choralar talab qilinadi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Yaponiyada 2024 yilda 30 dan oshiq kishi issiqdan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar