AsosiyDunyo

AQSHda yahudiylarga qarshi hujum uyushtirildi

Hodisa ortidan 6 kishi tan jarohati olgan.

'AQSHda yahudiylarga qarshi hujum uyushtirildi'ning rasmi

Amerikaning "Booulder" shahrida yahudiy jamoasi vakillari tinch yo‘nalishda o‘tkazayotgan aksiya paytida noma’lum bir erkak ular tomonga yong‘in chiqaruvchi aralashma solingan butilkani uloqtirdi.

Voqea guvohlarining aytishicha, u bu vahshiyona harakatni amalga oshirayotib, "Falastinga erkinlik!" deb baqirgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

Tergovga FBI (Federal tergov byurosi) jalb qilingan.

Ularning bayonotida bu holat "mo‘ljallangan terrorchilik harakati" sifatida o‘rganilayotgani aytiladi.

Eng achinarlisi, jarohat olganlarning yoshi 67 dan 88 yoshgacha bo‘lgan keksa insonlardir — ularning ayrimlari kuyish, boshqalari esa boshqa turdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kolorado shtati gubernatori Jared Polis ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quyidagi so‘zlarni yozdi:

"Men bu yovuz terrorchilik xurujini qat’iy qoralayman va jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman."

    Boshqa yangiliklar