AsosiyDunyo

Yangi koronavirus to‘lqini dunyo bo‘ylab tarqalmoqda — NYP

Xitoyda shifoxonaga yotqizish holatlari ikki baravarga oshgan, keksa yoshdagilar orasida o‘lim holatlari qayd etilgan.

'Yangi koronavirus to‘lqini dunyo bo‘ylab tarqalmoqda — NYP'ning rasmi

“New York Post”ning yozishicha, 2024 yil mart oyida Xitoyda ilk bor aniqlangan “NB.1.81” nomli yangi koronavirus shtammi butun dunyo bo‘ylab tez sur’atda tarqalmoqda.

Virusning “NB.1.81” shtammi allaqachon Gonkong va Osiyoning boshqa hududlarini qamrab oldi, endilikda esa u AQSH, jumladan Nyu-Yorkka ham yetib keldi.

Xitoyda shifoxonaga yotqizish holatlari ikki baravarga oshgan, keksa yoshdagilar orasida o‘lim holatlari qayd etilgan.

Gonkongda ham og‘ir kechayotgan kasallik holatlari (81 ta) va o‘lim holatlari (30 ta) ayniqsa keksa bemorlar orasida qayd etilmoqda,

Mutaxassislar “NB.1.81” virusi boshqa shtammlarga nisbatan tezroq tarqalayotganini ogohlantirmoqda. Bu variant yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, isitma va charchoq kabi alomatlar bilan boshlanadi. Nashr ta’kidlashicha, Gonkong hukumati bu shtamm xavfini kamsitgan holda, uni avvalgi variantlardan xavfliroq emas deb baholagan.

Rossiyada ham NB.1.81 virusi ayni paytda juda xavfli deb hisoblanmayapti. RF Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh infeksionisti Vladimir Chulanovning ta’kidlashicha, bu variant bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga hozircha hojat yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning og‘irligi va belgilari odamlar orasida aylanib yurgan boshqa variantlardan farq qilmaydi. U shuningdek, aprel oyida Sankt-Peterburgda bu shtammga chalingan ikki holat aniqlanganini va har ikki bemor ham tez orada tuzalganini ma’lum qilgan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar