AsosiyDunyo

Rossiya Zaporoje AES’ni o‘z energiya tizimiga ulashni rejalashtirmoqda

Mamlakat bosib olingan Ukraina hududlarida elektr uzatish liniyalarini qurmoqda.

'Rossiya Zaporoje AES’ni o‘z energiya tizimiga ulashni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Rossiya bosib olingan Ukraina hududlarida elektr uzatish liniyalarini qurmoqda. “The New York Times”nashrining yozishicha, bu harakatlar Zaporoje atom elektr stansiyasini (AES) Rossiya energiya tizimiga ulashga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Nashr ushbu xulosani “Greenpeace” tashkiloti taqdim etgan yangi hisobotga tayanib keltirgan.

“Greenpeace” tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlarida 2025-yil fevralidan buyon Azov dengizi bo‘ylab, bosib olingan Mariupol va Berdyansk shaharlari o‘rtasida 80 kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari qurilgani aks etgan.

Mutaxassislarning baholashicha, bu liniyalar Mariupol yaqinidagi yirik podstansiyaga ulanmoqda. Mazkur podstansiya esa 225 kilometr uzoqlikda joylashgan Zaporoje AES bilan bog‘langan.

“Greenpeace”ning yadroviy energetika bo‘yicha eksperti Shon Bernining aytishicha, bu suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Zaporoje AES’ni ishga tushirish rejalari borligini ilk bor ochiqcha tasdiqlaydi.

“The New York Times” Moskvaning aniq rejalari hanuzgacha mavhumligicha qolayotganini ta’kidlaydi. Rossiya urushdan so‘ng AES’ni ishga tushirishni rejalashtiryaptimi yoki jangovar harakatlar davom etayotgan paytda buni amalga oshirmoqchimi — bu savol ochiq qolmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, AES’ni to‘liq Rossiya energiya tizimiga ulash uchun yana bir nechta elektr liniyasi qurilishi kerak bo‘ladi.

Gazeta bu holatni tarixda ilk bor bir davlat boshqa davlat yadroviy obyektini egallab olib, uni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan vaziyat sifatida baholaydi.

Bu esa AQShning, xususan Donald Tramp ma’muriyatining, stansiya kelajagi borasida tinchlik muzokaralari orqali yechim topish harakatlariga zid bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Krasnodarda tug‘ilganidan beri ko‘chaga chiqmagan 7 yoshli bola topildi'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 17:43

    Krasnodarda tug‘ilganidan beri ko‘chaga chiqmagan 7 yoshli bola topildi

    Qo‘shnilar uzoq vaqtdan beri shubhali ovozlar, bola yig‘isi va ayolning og‘ir ruhiy ahvolidan shikoyat qilib kelgan.

    '"HAMAS" AQSHning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 17:24

    "HAMAS" AQSHning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi taklifini rad etdi

    "HAMAS" rasmiysi "BBC"ga bergan intervyusida, taklifda urushni to‘liq to‘xtatish va gumanitar yordamni kafolatlash kabi talablar inobatga olinmaganini ma’lum qildi.

    'Isroil va AQSH Eron borasida ziddiyatga bormoqda'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 16:12

    Isroil va AQSH Eron borasida ziddiyatga bormoqda

    Isroil hukumati Tramp ma’muriyati Eronga uran boyitish imkoniyatini saqlab qolishga yo‘l qo‘yadigan kelishuvga rozi bo‘lishidan cho‘chimoqda.

    'Fransiyada 1 iyuldan boshlab plyaj, bog‘ va avtobus bekatlarida chekish taqiqlanadi'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 14:53

    Fransiyada 1 iyuldan boshlab plyaj, bog‘ va avtobus bekatlarida chekish taqiqlanadi

    Bu haqda Fransiyaning sog‘liqni saqlash va oila masalalari bo‘yicha vaziri Katrin Votren ma’lum qildi.

    'Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 14:43

    Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

    Otishma Pokistonda yangi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari qurilishi fonida boshlangan.

    'Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qildi?'ning rasmi

    Dunyo 30.05.2025 14:19

    Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qildi?

    Rossiya Ukrainaga qarshi urushdagi qo‘llab-quvvatlovi uchun Shimoliy Koreyaga “unutilmas” sovg‘a berdi.