AsosiyDunyo

Tramp: Bayden ma’muriyati mamlakatni vayron qilishga urinib, noqonuniy muhojirlikka yo‘l ochdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Jo Bayden ma’muriyatini keskin tanqid qildi. U Baydenning vakolat muddati davomida mamlakat xavfsizligiga jiddiy putur yetkazilganini ta’kidladi.

'Tramp: Bayden ma’muriyati mamlakatni vayron qilishga urinib, noqonuniy muhojirlikka yo‘l ochdi'ning rasmi

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xotira kuni munosabati bilan bildirgan tabrigida Bayden ma’muriyatining so‘nggi to‘rt yildagi siyosatini “mamlakatni vayron qiluvchi” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, “radikal so‘l” g‘oyalarga tayangan rasmiylar 21 million odamning AQSH hududiga noqonuniy kirishiga yo‘l ochgan.

“Hatto mamlakatimizni buzish uchun so‘nggi to‘rt yil ichida bor kuchini sarflagan ‘sarqitlar’ni ham Xotira kuni bilan tabriklayman”, – deydi Tramp.

U shuningdek, amerikalik sudyalardan mamlakatni “do‘zaxga yetaklovchi qarorlar”dan asrashini so‘rab, fuqarolarni qo‘rqmaslikka va “Amerikani yana buyuk va xavfsiz qilish” uchun harakat qilishga chaqirdi.

20-may kuni Tramp yana bir bor Bayden ma’muriyatini tanqid ostiga oldi. Unga ko‘ra, Bayden ko‘plab rasmiy hujjatlarni shaxsan imzolamagan, balki bu ishni “radikal so‘l telbalar” amalga oshirgan.

    Boshqa yangiliklar