AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden unga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘lganidan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi: siyosatchi nevarasi Robert Xanter Baydenning bitiruv marosimida ishtirok etdi, deb xabar berdi 24 may, shanba kuni Fox News. Sobiq davlat rahbarining rafiqasi Jill Bayden Instagram’da qo‘shma suratni e’lon qildi.
Robert Xanter Bayden Konnektikutdagi Solsberi o‘rta maktabini tamomlagan. Uni tabriklagani bobosi va buvisi va boshqa oila a’zolari kelishdi. "Mag‘rur bobo va buvijonlar! Tabriklaymiz Xanter, biz siz bilan juda faxrlanamiz", deb yozgan Jill Bayden.
18 yoshli Robert Xanter Bayden marhum sobiq prezidentning to‘ng‘ich o‘g‘li Bo Baydenning o‘g‘li, onasi esa Halle Bayden.