AsosiyJamiyat

Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketgani aytilmoqda

Holat bo‘yicha Mudofaa vazirligi ma’lumot berdi.

'Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.

Qayd etilishicha, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.

Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilindi. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llanilgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 17:36

    Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari mamlakati mizdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

    'O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 16:41

    O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

    Yaqin Sharqda keskin vaziyat sabab qator davlatlarga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtincha bekor qilindi. Cheklovlar muddati hozircha ochiqlanmagan.

    'Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 14:13

    Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Toshkent shahar IIBBning 2 nafar tezkor xodimi o‘z xizmat mavqeini suiiste'mol qilgan holda pora talab qilishi va noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 12:19

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank 4 martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

    '13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 12:11

    13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi

    Fuqarolar Turkmaniston orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

    '8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 10:47

    8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    Bu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni yakshanba to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni ko‘chiriladi.