AsosiyDunyo

Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi

Qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

'Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘ida rekord darajadagi suv toshqini sodir bo‘ldi. Bunaqasi qariyb bir asrdan beri bo‘lmagan, deya ta’riflanmoqda. Yangi Janubiy Uels shtatida jabrlangan aholi punktlari tabiiy ofat hududi deb e’lon qilindi. 

5,5 mingdan ziyod xonadon elektr ta’minotidan uzilgan. Bunga jala sabab bo‘lgan. Ayni paytda suv toshqini zonasida 140 dan ortiq aholi punktlari joylashgan. Aholi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. 

"Bu shtat aholisi uchun dahshatli ofat. Suv toshqini zonasida allaqachon o‘n minglab uylar bor va biz yaqin 24 soat ichida yangi noxush xabarlarga tayyorlanmoqdamiz," - dedi shtat bosh vaziri Kris Minns.

Jabrlanganlarga yordam berish uchun 2 mingdan ortiq favqulodda xizmat xodimlari jalb qilingan, harbiy xizmatchilar safarbar qilingan.

Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘idagi 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma olgan. Grafton shahridan Nyukaslgacha bo‘lgan qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi 500 kilometrlik chiziq bo‘ylab joylashgan aholi punktlari uchun evakuatsiya xabarnomalari chiqarilgan. 

Gidrometeorologiya byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni sharqiy sohilning markaziy hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, yog‘ingarchilikning sutkalik me’yori kamida 300 mm ni tashkil etadi. Keyin yomg‘irlar janubga qarab ketadi va jumaga kelib Sidney va uning atrofidagi shaharlarda yog‘adi.

    Boshqa yangiliklar