AsosiyDunyo

Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi

Guvohlarning aytishicha, ikki nafar shaxs mototsiklda kelib, Portnovga besh marotaba o‘q uzgan.

'Madridda sobiq ukrainalik siyosatchi otib o‘ldirildi'ning rasmi

Ukrainalik sobiq siyosatchi Andrey Portnov 21-may kuni ertalab soat 09:15 da, farzandlarini maktabga olib kelganidan so‘ng o‘zining “Mercedes” mashinasiga o‘tirishga chog‘langan paytda otib o‘ldirildi.

Guvohlarning aytishicha, ikki nafar shaxs mototsiklda kelib, Portnovga besh marotaba o‘q uzgan. Uch o‘q uning orqasiga, biri bo‘yniga, yana biri esa boshiga teggan.

Hodisa poytaxt Madriddagi eng nufuzli va qimmat maktablardan biri — Amerika kolleji oldida ro‘y berdi. Bu maktabda o‘qish narxi yiliga 23 ming yevrodan oshadi.

Ispan politsiyasi voqeani siyosiy suiqasd yoki jinoyat olami bilan bog‘liq qarzdorlik bilan izohlash ehtimolini o‘rganmoqda. Portnovning mafiyaviy guruhlar bilan aloqasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud.

Portnov kim edi?

1973-yilda Luganskda tug‘ilgan Andrey Portnov — huquqshunos. U 2006-yilda Yuliya Timoshenko bloki orqali Ukraina parlamentiga saylangan. Keyinchalik Viktor Yanukovich jamoasiga o‘tib, prezident ma’muriyatida rahbar o‘rinbosari lavozimini egallagan.

2014-yilda Ukrainani tark etib, Moskvada va Venada yashagan. Unga qarshi davlat mulkini talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. 2019-yilda Ukrainaga qaytib, sobiq prezident Petro Poroshenkoga qarshi qator arizalar topshirgan. 2022-yil Rossiyaning bosqinidan keyin yana G‘arbga ko‘chib ketgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kim Chen In qatnashgan marosim fojia bilan tugadi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 22:19

    Kim Chen In qatnashgan marosim fojia bilan tugadi

    Shimoliy Koreyada esminetsni ishga tushirish marosimi avariya bilan yakunlandi.

    '"G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 17:40

    "G‘azodagi har bir bola, har bir go‘dak dushman" - isroillik siyosatchi

    Isroilning sobiq o‘ta o‘ngchi siyosatchisi Moshe Feyglin G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga chaqirdi.

    'Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 17:38

    Indoneziyadagi Dukono vulqonining kuli 1600 metr balandlikka ko‘tarildi

    Mamlakatda zilzilalar va 130 ga yaqin harakatdagi vulqonlar mavjud.

    'Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 17:08

    Avstraliyada asr toshqini:  10 ming odam uysiz qoldi, 3 kishi halok bo‘ldi

    Qit’aning sharqiy qirg‘og‘idagi 50 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

    'Yana bir O‘zbekiston kompaniyasi YEI sanksiyasiga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 13:20

    Yana bir O‘zbekiston kompaniyasi YEI sanksiyasiga uchradi

    Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan kompaniya Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga ko‘maklashishda gumon qilinmoqda.

    'Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi'ning rasmi

    Dunyo 22.05.2025 12:23

    Germaniya tank brigadasini Litvaga joylashtirdi

    Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning ta’kidlashicha, Germaniya NATO hududining har bir santimetrini himoya qilishga tayyor.