AsosiyDunyo

"G‘azodagi vaziyat tobora xavotirli va og‘riqli tus olmoqda"

Rim papasi insonparvarlik yordamini zudlik bilan eksklavga o‘tkazishni ta’minlashga chaqirdi.

'"G‘azodagi vaziyat tobora xavotirli va og‘riqli tus olmoqda"'ning rasmi

Rim-katolik cherkovining yangi rahbari Rim papasi Lev XIV G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirib, hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish va mintaqaga insonparvarlik yordami yetkazilishiga ruxsat berish zarurligini ta’kidladi.

8-may kuni saylangandan keyin o‘zining birinchi umumiy tinglovida nutq so‘zlagan Rim papasi Avliyo Pyotr maydonidan kelgan dindorlarga murojaat qildi.

"G‘azodagi vaziyat tobora xavotirli va og‘riqli bo‘lib bormoqda. Men yana bir bor bolalar, qariyalar va bemorlar to‘layotgan bu yurakni ezuvchi holatga chek qo‘yish uchun gumanitar yordamning to‘siqsiz yetib borishini ta’minlash va harbiy harakatlarni to‘xtatishga chin dildan chaqiraman," deydi pontifik.

Rim papasi ham barcha dindorlarni har kuni tinchlik va "qalblarni qurolsizlantirish" uchun ibodat qilishga chaqirgan.

Isroil armiyasi bloklangan G‘azo sektoriga 18 mart kuni ertalab, 19 yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish muddati tugaganidan keyin shiddatli hujumlarni qayta boshladi.

Hujumlar qayta boshlanganidan beri 3 427 falastinlik, asosan qariyalar, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, yana 9 647 kishi yaralandi.

2023 yil 7 oktyabrda Isroilning G‘azo sektoriga ommaviy hujumlari boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 53 573 nafarga, yaralanganlar soni esa 121 688 nafarga yetdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil Eron yadroviy obektlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 18:04

    Isroil Eron yadroviy obektlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda

    AQSH rasmiylari Isroilning Eronga hujumi ehtimoli kuchayganini ma’lum qildi.

    'Ilon Mask siyosiy xarajatlarini qisqartirishini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 11:46

    Ilon Mask siyosiy xarajatlarini qisqartirishini e’lon qildi

    Mask 2024 yilgi saylov davrida Trampning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 290 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

    'Rossiyaning bir nechta viloyatiga 150 dan ortiq dron hujumi uyushtirilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 10:31

    Rossiyaning bir nechta viloyatiga 150 dan ortiq dron hujumi uyushtirilgani aytilmoqda

    Ammo ushbu ma’lumot mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

    'Ukrainadagi urushda nechta Markaziy Osiyo fuqarolari qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 09:32

    'Germaniya “G7”ni ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 07:15

    Germaniya “G7”ni ogohlantirdi

    Lars Klingbayl tariflar urushi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarba berayotganini bildirgan.

    'Zelenskiy: Rossiya urushni cho‘zishga harakat qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.05.2025 07:11

    Zelenskiy: Rossiya urushni cho‘zishga harakat qilmoqda

    Ukraina prezidenti xalqaro hamjamiyatni Rossiya ustidan bosimni kuchaytirishga chaqirdi