AsosiyDunyo

Putin bevosita uchrashuvdan bosh tortsa ham, Zelenskiy baribir Turkiyaga boradi

Putin o‘z chiqishida Istanbul muzokaralarida otishmalarni to‘xtatish masalasi muhokama mavzusi bo‘lishi mumkinligini aytgan.

'Putin bevosita uchrashuvdan bosh tortsa ham, Zelenskiy baribir Turkiyaga boradi'ning rasmi

Putin bevosita uchrashuvdan bosh tortsa ham, Zelenskiy baribir Turkiyaga boradi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’muriyatining rahbari Andrey Yermak. Fransiyaning Le Monde nashriga bugun – 14 may kun ertalab bergan intervyusida “Prezident Zelenskiy Turkiyaga boradi. Hatto Putin bevosita uchrashuvdan bosh tortsa ham. Bu butun dunyo uchun aniq signal bo‘ladi: Moskva tinchlik istamaydi va jiddiy muzokaralarga tayyor emas", — deb aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 11 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 may kuni Istanbulda Rossiya–Ukraina muzokaralari o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Undan bir necha soat avval Kiyevda Zelenskiy va Yevropaning to‘rt davlat rahbarlari Moskvadan kamida 30 kunlik shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishgan.

Putin o‘z chiqishida Istanbul muzokaralarida otishmalarni to‘xtatish masalasi muhokama mavzusi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Ammo Rossiya tomonidan bu muzokaralarda kim ishtirok etishi hanuzgacha aniq e’lon qilinmadi. Zelenskiy esa faqat shaxsan Putin bilan yuzma-yuz uchrashuvni talab qilmoqda.

"Umid qilamizki, strategik hamkorimiz — AQSH, ushbu jarayonda o‘z roli va ishtirokini saqlab qoladi, — dedi Yermak. — AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga konstruktiv muloqot va otishmalarni to‘xtatish — bu mantiqiy qadam ekanini tushunib yetgani uchun minnatdormiz. Shuningdek, prezident Trampga ham tashakkur bildiramiz: u aniq signal berdi — agar Putin tinchlik istamasa, Ukraina o‘zi tasavvur qilganidan ham ko‘proq yordam oladi".

Avvalroq esa Zelenskiy, agar Putin uchrashuvga kelmasa, Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashmasligini aytgan edi. Ukraina delegatsiyasi ham Putin ishtirok etmasa muzokaralar samarali bo‘lmasligi, shunchaki mayda texnik masalalar ko‘rib chiqilishini bildirgan.

                                                                                                                                                  Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:09

    Xitoy kompaniyalariga AQSH va Isroil kiberxavfsizlik dasturlaridan foydalanish taqiqlandi

    Pekin mazkur qarorni milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohlashmoqda.

    'Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Erandagi tartibsizliklarda qariyb 2000 kishi halok bo‘ldi

    Eron norozilik namoyishlari boshlanganidan beri xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida katta qurbonlar qayd etilgan.

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

    'Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 08:19

    Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Hindistonga ilk rasmiy tashrifi doirasida Bosh vazir Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi.

    'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 13.01.2026 04:13

    AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

    AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.