AsosiyDunyo

Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi

Ushbu ma’lumotni, Luksemburgdagi yirik mediaxolding — Mediahuis Luxembourg nazoratidagi nashrlar tarqatgan.

'Sud Luksemburgning Mediahuis mediaxoldingiga Usmonovni "Dilbar" yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi'ning rasmi

Gamburgning hududiy sudi "USM" xoldingi asoschisi Alisher Usmonov "Dilbar" nomli yaxtaning egasi ekanligi haqidagi da’voni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb topdi. Ushbu ma’lumotni, jumladan, Luksemburgdagi yirik mediaxolding — Mediahuis Luxembourg nazoratidagi nashrlar tarqatgan.

Germaniya sudi yaxtaga egalik haqidagi da’voni janob Usmonovning huquqlarini buzuvchi deb baholadi va bu kabi ma’lumotni tarqatishni taqiqladi. Agar bu taqiq buzilsa, har bir holat uchun 250 ming yevrogacha miqdorda ma’muriy jarima belgilanadi, jarima undirilmasa — har bir holat uchun 6 oygacha ma’muriy qamoq jazosi va umumiy hisobda 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish tayinlanishi mumkin. Hozirda Luxembourg Times saytidan munozarali maqola parchasi olib tashlangan.

Alisher Usmonov manfaatlarini himoya qilayotgan yurist Yoaxim Shtaynxyofelning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi (YEI) prokuraturasi va sanksiya qo‘llovchi idoralari "sud tomonidan man etilgan va obro‘sizlangan OAV materiallariga tayangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "protsessual qonunbuzarliklar borasida jiddiy xavotir uyg‘otadi".

Joriy yilning fevral oyida Germaniyaning DPA axborot agentligi Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova Dilbar yaxtasining egasi ekanligi haqidagi xabarini qaytarib oldi. Yevropa Ittifoqi ushbu ma’lumotni Ismoilovaga qarshi sanksiya qo‘llash uchun asos sifatida keltirgan edi. Shu da’vo asosida 2022 yilda ushbu yaxtada tintuv ham o‘tkazilgan edi.

2025 yil aprel oyida Germaniyaning Münchner Merkur gazetasi Alisher Usmonov va unga nisbatan iddao qilingan mulklar haqidagi 15 ta maqolani saytidan o‘chirdi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilarga jarima soladi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 21:04

    Turkish Airlines samolyot to‘liq to‘xtamasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilarga jarima soladi

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi xatti-harakatlar aviatsiya qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

    'Afg‘onistonda Tolibon hukumati shaxmatni taqiqladi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 20:33

    Afg‘onistonda Tolibon hukumati shaxmatni taqiqladi

    E’lon qilinishicha, bu qaror shaxmat o‘yinni islomga zid deb bilgani tufayli qabul qilingan.

    'Hindiston va Pokiston armiyasi rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 18:54

    Hindiston va Pokiston armiyasi rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi

    Bu suhbat ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi keskin to‘qnashuvlardan so‘ng ilk bor amalga oshirildi.

    'Mubashshir Ahmad hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 15:35

    Mubashshir Ahmad hibsga olindi

    Qo‘lga olinganidan to‘rt kun o‘tgan bo‘lsa-da, uning qayerdaligi, sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

    'BAAda ajrashish uchun 100 million miqdorda tovon puli belgilandi'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 14:36

    BAAda ajrashish uchun 100 million miqdorda tovon puli belgilandi

    Bu miqdor Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun mutlaq rekord hisoblanadi.

    'Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?'ning rasmi

    Dunyo 12.05.2025 11:44

    Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?

    Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini bildirgan.