AsosiyDunyo

Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?

Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini bildirgan.

'Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?'ning rasmi

Varshavadagi "Marywilska" savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda hech kim jabrlanmagan, biroq barcha do‘konlar yonib kulga aylangan. Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni tashkil qilgan shaxslarning bir qismi qo‘lga olingan, qolganlari aniqlanib, hozirda qidiruvda.

Tusk ularga X ijtimoiy tarmog‘i orqali shunday murojaat qildi: “Topamiz barchangizni!”

Polsha Adliya vaziri va Ichki ishlar vaziri bergan bayonotga ko‘ra, jinoyatchilar Rossiyada yashovchi shaxs tomonidan boshqarilgan. Maxsus xizmatlar Litva bilan ham hamkorlik qilgan – chunki ayrim gumondorlar aynan u yerda chalg‘ituvchi harakatlarni amalga oshirgan.

Rossiya tomoni esa hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.

    Boshqa yangiliklar