AsosiyDunyo

Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?

Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi.

'Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?'ning rasmi

Xitoy va AQSH o‘rtasidagi savdo urushi tinch yo‘l bilan hal etilishi mumkin degan taxminlar yana bir bor kuchaydi.

Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi va savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha alohida maslahatlashuv mexanizmini yaratishga kelishdi.

Uchrashuvda Xitoydan Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligidagi delegatsiya, AQSHdan esa Moliya vaziri Skott Bessent va savdo vakili Jeymison Grir qatnashdi.

Xe Lifen tomonlar o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida harakat qilayotganini bildirdi.

U Xitoy savdo urushini xohlamasligini, lekin agar AQSH bosimni davom ettirsa, javob choralari ko‘rilishini ta’kidladi.

“Bizga barqaror va sog‘lom iqtisodiy munosabatlar kerak, bu faqat Xitoy va AQSH uchun emas, butun dunyo uchun muhim”, — deydi u.

AQSH tomoni ham muzokaralarni ijobiy baholadi. Grirga ko‘ra, erishilgan kelishuv natijasida AQSH savdo balansi taqchilligi kamayadi. Prezident Tramp esa muzokaralarni “konstruktiv” deb atadi va amerikalik kompaniyalar uchun Xitoy bozorining ochilishi ikki tomon uchun foydali bo‘lishini aytdi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi tariflar jiddiy bosimga sabab bo‘lgan. AQSH Xitoy mahsulotlariga 125 foizgacha boj joriy qilgan, Xitoy esa bunga javoban 84 foizlik boj qo‘llagan edi. Endilikda esa tomonlar muzokara yo‘lini tanlayotgani iqtisodiy keskinlikni yumshatishga xizmat qilishi mumkin.

Muloqot boshlangani yaxshi, ammo bu hali yakun emas. Tomonlarning qanday qaror qabul qilishi – dunyo iqtisodiyoti taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

    Boshqa yangiliklar