AsosiySport

Bugun Xitoyning Jianshang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

.Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan tarkibda Olimpiada chempioni va sovrindori bor.

'Bugun Xitoyning Jianshang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi'ning rasmi

9-15 may kunlari Xitoyning Jianshang shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qit’a birinchiligida 26 mamlakatdan 170 nafar sportchi qatnashadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan tarkibda Olimpiada chempioni va sovrindori bor.

Qo‘yida Osiyo chempionati qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Erkaklar:

-67 kg: Husinboy Matrasulov;

-73 kg: Abdulaziz Alimjonov;

-81 kg: Hayitboy Abdushukurov;

-109 kg: Sharofiddin Amriddinov;

-109 kg: Akbar Jo‘rayev;

+109 kg: Amir Abdullayev.

Ayollar:

-59 kg: Nigora Abdullayeva;

-81 kg: Madina Fayzullayeva;

-81 kg: Rigina Adashbayeva;

-87 kg: Nigora Suvonova;

-87 kg: Tursunoy Jabborova

    Boshqa yangiliklar