AsosiyBu qiziq

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

'Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

"O‘zgidromet" 9-aprel kuni uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodislari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Atom soyasida yashagan odamlar: insoniyat qanday tirik qoldi?'ning rasmi

    Bu qiziq 09.05.2025 11:56

    Atom soyasida yashagan odamlar: insoniyat qanday tirik qoldi?

    Salkam bir asr o‘tdi, ammo portlagan bombalarning ovozi hanuz quloqlarda.

    '8-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.05.2025 00:24

    8-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi

    Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

    'Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 07.05.2025 07:11

    Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

    Respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.

    'Bugun qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.05.2025 07:11

    Bugun qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

    Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilari. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    'Bugun insonlar yaxshi uxlay olmasligiga nima sabab bo‘lmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 05.05.2025 10:20

    Bugun insonlar yaxshi uxlay olmasligiga nima sabab bo‘lmoqda?

    Zamonning yashirin kasalligi hisoblangan uxlay olmaslik dardiga qanday yechim topish mumkinligiga javob berildi.

    'Yangi haftaning dastlabki kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 05.05.2025 00:07

    Yangi haftaning dastlabki kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

    Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.