AsosiyDunyo

Si Szinpin Rossiyaga nega bormoqchi?

Rossiya prezidentining taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 7-10 may kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi.

'Si Szinpin Rossiyaga nega bormoqchi?'ning rasmi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 7-10 may kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, tashrif davomida tomonlar har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy masalalarni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi.

Shuningdek, bir qator ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning imzolanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar