AsosiyJinoyat

Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

'Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent shahri hamda Namangan viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi. Bu haqda Energetika vazirli matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd eytilishicha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga Qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, “A.B.” MCHJ rahbari F.A. Chinoz tumani, “Afg‘on” MFY hududidagi maktab oshxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 248,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro D.T. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvoychilik bilan shug‘ullanib, 209,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foyudalangan.

Fuqaro B.Ch. esa “Qozoqovul” MFY hududidagi xonadonida yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 178,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar