Ma’lum qilinishicha, shu yilning 28 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.
Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha:
Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
Emlash ishlari olib borildi;
Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;
Hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, har bir ziyoratchiga "Haj – buyuk ibodatdir" qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagichlar taqdim etilmoqda.