AsosiyJamiyat

Samarqandda o‘qituvchilar o‘quvchini tiz cho‘kib uzr so‘rattirdi

Voqea tafsilotlari ochiqlandi.

'Samarqandda o‘qituvchilar o‘quvchini tiz cho‘kib uzr so‘rattirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida voyaga yetmagan o‘g‘il bola bir qizning oyog‘iga bosh urgan holda uzr so‘ragani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotda keltirilishicha, holat 2024 yilning aprel oyida Paxtachi tumanidagi 21-sonli maktab o‘quvchisi X.T.ning shu maktab o‘quvchisi E.Ya.ni haqoratlagani ortidan yuzaga kelgan. Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab direktorining o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi o‘quvchi X.T ning onasining roziligi bilan uni va uning opasini o‘quvchi E.Ya.ning uyiga uzr so‘rash uchun olib borgan.

Videolavhadagi holat o‘quvchi E.Ya. ning onasi fuqaro S.D. tomonidan o‘quvchi X.T. ning uzr so‘rash jarayonidan tasvirga olingan. Mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqaro S.D.ga nisbatan tegishli ma’muriy jazo chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, Paxtachi tumani 21-maktab direktorining tegishli buyrug‘i bilan voqea ishtirokchilari – direktor o‘rinbosari S. D., sinf rahbari V.S. va maktab psixologi E.R.ga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llangan, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 22:10

    '"Haj — 2025" mavsumi 13 maydan boshlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 19:34

    "Haj — 2025" mavsumi 13 maydan boshlanadi

    Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.

    '3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 18:00

    3 may — Butunjahon matbuot erkinligi kuni

    Ushbu kun munosabati bilan Prezident matbuot kotibi jurnalistlarga tabrik yo‘lladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 16:59

    'Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 14:18

    Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

    Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    'Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan Cobalt YTH sodir etdi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2025 12:16