AsosiyJamiyat

Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoyitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.

'Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va g‘oyasi asosida tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi — bu dinimiz, tariximiz, fan, madaniyat va ta’lim masalalariga ixtisoslashgan xalqaro ko‘lamda faoliyat yuritadigan majmuadir.

Markazning muzey maydoni oltita zaldan tashkil topgan: "Islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyalar", "Birinchi Renessans", "Ikkinchi Renessans", "XX asrda O‘zbekiston", "Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans poydevori" va "Qur’oni Karim".

Markazning eng asosiy qismidagi Qur’oni Karim zalidan musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi — qadimiy Usmon Mushafi o‘rin egallagan. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari ham mavjud.

Ta’kidlash o‘rinliki, "BBC"ning "BBC Travel" nashri ham Islom sivilizatsiyasi markazini 2026 yilda ochilishi eng ko‘p kutilayotgan olti muzey qatoriga kiritdi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun musulmon olami uchun tarixiy yangilik bo‘ladi. Mazkur markaz "Uchinchi Renessans" poydevorini yaratish yo‘lidagi eng muhim ilmiy va ma’naviy maskanlaridan biri sifatida e’tirof etilmogda.

    Boshqa yangiliklar