AsosiyJamiyat

Farg‘onada 4,4 kg giyohni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona va Navoiyda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi.

'Farg‘onada 4,4 kg giyohni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli sumka tekshirilganda, jami 4 kilogramm 463 gramm gasish moddasi aniqlandi, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik modda Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan bo‘lib, uni Farg‘ona viloyatida sotish rejalashtirilgan. Shu ishga aloqador bo‘lgan, muqaddam sudlangan ukasi ham ushlangan.

Shuningdek, Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi, undan gasish moyi va gasish moddalari topildi. Keyinchalik uning uyi ko‘zdan kechirilganda, narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi. U yerdan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari va ularni tayyorlash hamda qadoqlash vositalari musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:04

    'Oʻzbekistonda 20 mart Ramazon hayiti kuni deb eʼlon qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:24

    Oʻzbekistonda 20 mart Ramazon hayiti kuni deb eʼlon qilindi.

    O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi.

    'Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:59

    Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdorda narkotiklar musodara qilindi

    Fargʻona va Navoiy viloyatlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurash doirasida bir necha shaxs ushlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 16:29

    'Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 17.03.2026 15:21

    Islom sivilizatsiyasi markazi butun dunyoga ochilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoyitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.