AsosiyDunyo

Ilon Mask o‘zbek paxta sanoati shaffoligiga shubha bildirdi

AQSHdagi hukumat yig‘ilishlaridan birida O‘zbekiston paxtasi muhokama qilindi.

'Ilon Mask o‘zbek paxta sanoati shaffoligiga shubha bildirdi'ning rasmi

AQSHdagi hukumat yig‘ilishlaridan birida O‘zbekiston paxtasi muhokama qilindi. Lekin qayg‘uli jihati, Amerika mehnat vaziri O‘zbekistondagi paxta sanoatidagi shaffoflikni ta’minlashda 250 million dollar tejab qolingani haqida ma’lumot berganida Ilon Mask kulib yubordi.

«Ba’zi narsalar shunchalik qiziqki, ishonging kelmaydi. O‘zbek paxtachi fermerlari-ya? Bu qandaydir hajviy sketchga o‘xshaydi” degan Ilon Mask.

Ma’lumki Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan “Hukumat faoliyati samaradorligi departamenti” rahbari etib tayinlangan va unga katta vakolatlar hamda ko‘plab yopiq davlat ma’lumotlariga kirishga ruxsat berilgan. Ayni paytgacha Ilon Mask tavsiyaisi bilan 121 ming federal xodim ishdan bo‘shatildi, ko‘plab moliyaviy yordam loyihalari to‘xtatildi.

Ilon Maskning o‘zbek paxtasi borasidagi kinoyasida ham jon bor. Zero O‘zbekistonda birinchi ma’muriyat davrida paxta sanoati o‘ta yopiq, noshaffof va korrupsiyalangan tizim bo‘lgan. Paxtadan tushadigan foyda ham davlat byudjetiga emas, bir hovuch korrupsionerlar cho‘ntagiga tushgan. Majburiy bolalar mehnati odatiy hol bo‘lib qolgan. Natijada ko‘plab xalqaro brendlar o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilishdi va o‘zbek paxtasining bozori kasod bo‘la boshladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tepasiga kelgach, qator demokratik va iqtisodiy islohotlar natijasida majburiy mehnatga chek qo‘yildi va o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:03

    Turkiyada bo‘lgan namoyish ortidan 409 kishi qo‘lga olindi

    Ushlanganlarning ko‘pchiligi Istanbuldagi aksiya ishtirokchilari bo‘lgan.

    'Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:17

    Kashmir: uchta yadroviy davlat uchun kelishmovchiliklar hududi

    Hindiston, Pokiston va Xitoy bilan chegaradosh mazkur hudud qattiq raqobat va hududiy ambitsiyalar makoniga aylandi.

    'AQSh va Ukraina strategik sarmoya bitimi imzoladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:26

    AQSh va Ukraina strategik sarmoya bitimi imzoladi

    Zelenskiy hujjatni Oliy Radaga yubordi

    'Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2025 22:00

    Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

    Yong‘inni o‘chirishda armiya jalb qilingan.

    'Turkiyada 1 may namoyishlarida 400 dan ortiq odam hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2025 20:57

    Turkiyada 1 may namoyishlarida 400 dan ortiq odam hibsga olindi

    Ular orasida huquqshunos va advokatlar ham bor.

    'AQSH Hindistonni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2025 19:25

    AQSH Hindistonni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

    AQSH Hindiston bilan birdamligini bildirdi va o‘zini himoya qilish huquqini yana bir bor tasdiqladi.