AsosiyJinoyat

Farg‘ona bozorida 77 yoshli keksa qarindoshi tomonidan kaltaklandi

“Mushtimzo‘r” qarindosh xatti-harakati uchun 17 mln so‘m jarima to‘ladi

'Farg‘ona bozorida 77 yoshli keksa qarindoshi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida qariyani do‘pposlagan erkak 17 mln so‘m jarima to‘ladi

Bildirilishicha, Yozyovon tumanida 46 yoshli erkak A.V. 77 yoshli qariya A.A.ni jamoat joyida do‘pposlab, tan jarohati yetkazgani uchun sud tomonidan 17 million so‘m jarimaga tortilgan.

Ikkala shaxs ham qarindosh bo‘lib, A.V. mast holda qariyani bozor hududida uchratib qoladi. Suhbat davomida A.A.ga “Xotiningni bir o‘zini umra ziyoratiga jo‘natdingmi?”, deb so‘raydi. Bu savol esa A.V.ning jahlini chiqarib, qariyani do‘pposlashiga sabab bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, A.V.ga 17 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari A.V. bilan ko‘plab tushuntirish ishlarini olib bordi. A.V. avvaliga jarimani to‘lashdan bosh tortib, qariyaga dori-darmon olib berganini aytgan.

Ammo davlat ijrochilarining qat’iy harakatlari natijasida A.V. 2025-yil 24-aprel kuni jarimani to‘liq to‘ladi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar