AsosiyDunyo

“Titanik”dan yuborilgan ochiq xat 350 ming yevroga sotildi

Ushbu maktub tarixdagi eng qimmat maktublardan biri aylandi.

'“Titanik”dan yuborilgan ochiq xat 350 ming yevroga sotildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada o‘tgan auksionda “Titanik” kemasidan yuborilgan ochiq xat rekord narxda — 350 ming yevroga sotildi. Ushbu tarixiy xat amerikalik investor va yozuvchi Archibald Gracy IV tomonidan yuborilgan.

Ochiq xatda Gracy shunday deb yozgan edi:

“Bu ajoyib kema, lekin safarim tugamaguncha uning haqidagi fikrimni bildirishga shoshilmayman”.

Auksion Angliyaning Uilshir grafligidagi mashhur “Henry Aldridge  Son uyida tashkil etilgab. Boshlang‘ich narx 60 ming funt sterling bo‘lgan bo‘lsa-da, savdo yakunida ochiq xat besh baravar qimmat narxda — AQShlik xususiy kolleksioner tomonidan xarid qilingan.

Omon qolgan kam sonli yo‘lovchilardan biri

Archibald Gracy IV “Titanik” halokatidan omon qolgan kam sonli yo‘lovchilardan biri sifatida tarixda qolgan. Halokat chog‘ida u kemadan sakrab, muzdek suvda ag‘darilgan qutqaruv qayig‘iga chiqqan va qutqarilgan.

Nyu-Yorkka qaytgach, Gracy kema fojiasi haqida “Titanik haqidagi haqiqat” nomli kitob yozgan.Biroq sovuq suvda olgan jismoniy zarbalar va sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sabab, u 1912-yil dekabr oyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar