AsosiyDunyo

Isroilda kuchli issiqlik tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi

Hozirda evakuatsiya ishlari davom etmoqda.

'Isroilda kuchli issiqlik tufayli o‘rmon yong‘inlari boshlandi'ning rasmi

Isroilda havo haroratining g‘ayritabiiy darajada ko‘tarilishi natijasida bir nechta hududlarda o‘rmon yong‘inlari boshlandi, deya xabar bermoqda zamon.uz.

Bu hodisa so‘nggi yillarda kuzatilgan eng og‘ir vaziyatlardan biri sifatida baholanmoqda.

Yong‘inlar ayniqsa Bayt Shemesh yaqinidagi hududlarda kuchli tarqalmoqda. Ma’lum qilinishicha, yong‘in xavfi sababli bir nechta aholi punktlarida evakuatsiya ishlari boshlangan.

Evakuatsiya qilingan hududlar qatorida Tarum, Beyt-Meir, Eshtaol, Mesilat-Sion, Pedaya va Petaxiya kabi shaharchalar mavjud. Aholi kuchli va tez tarqaluvchi olovdan qochib, uylarini shoshilinch tark etishga majbur bo‘lmoqda.

Isroil yong‘in xizmati olovning turar-joylarga yetib borishining oldini olish maqsadida barcha kuchlarni safarbar qilgan. Mahalliy rasmiylar aholiga hushyorlik va zudlik bilan evakuatsiya ko‘rsatmalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar