AsosiyDunyo

Rim papasining o‘lim sababi ochiqlandi

Fransiskning o‘limiga insult sabab bo‘lgani aytilmoqda.

'Rim papasining o‘lim sababi ochiqlandi'ning rasmi

Rim papasi Fransiskning o‘limiga insult sabab bo‘lgani aytildi. Bu haqda “Vatican News” ma’lum qildi.

Vatikan tomonidan e’lon qilingan o‘lim guvohnomasida aytilishicha, insult og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan yurak yetishmovchiligiga olib kelgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, Fransisk multimikrobiyal ikki tomonlama pnevmoniya, ko‘p bronxoektaziya, yuqori qon bosimi va II turdagi diabet tufayli kelib chiqqan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan aziyat chekkan.

Ma’lumot uchun, Fransisk 2013 yilda papa etib saylanganidan beri bir necha kasallikdan aziyat chekib kelayotgan edi. U 2021 yilning iyul oyida ham 10 kun shifoxonada yotib, yo‘g‘on ichak torayishidan davolangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21-oktyabr kuni  “Darakchi.uz” Rim papasining o‘limi bo‘yicha You Tube sahifasida video e’lon qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar