Tramp ma’muriyati “Harvard”universitetiga sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar uchun ajratilgan milliard dollarga yaqin mablag‘ni berishni to‘xtatmoqchi. Bu haqda “DW” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Oq uy universitet ma’muriyatining AQSH hukumati tomonidan yuborilgan 11-aprel kungi maktubni oshkora e’lon qilganidan hayratga tushgan.
Tramp ma’muriyati dastlab universitetga nisbatan yumshoqroq munosabatda bo‘lishni istagan, biroq maktub e’lon qilingach, rasmiylar “Garvard”ga nisbatan bosimni kuchaytirishga qaror qilgan.
Universitet mart oyining oxiridayoq Tramp ma’muriyatiga murojaat qilgan va qarama-qarshilikdan qochishga harakat qilgan.
“Harvard” kampuslarida antisemitizmga qarshi chora-tadbirlar allaqachon ko‘rilgan. Biroq 11 aprel kungi maktubda keltirilgan talablar bundan ancha keskinroq bo‘lgan va unversitet rahbariyati bu talablarni qabul qila olmasligini bildirgan.
Nashrda qayd etilishicha, maktubda maxfiylik belgisi bo‘lmagan. Tramp ma’muriyati AQSHdagi yetakchi universitetlarga, jumladan “Garvard”ga, antisemitizmga qarshi kurash bahonasida bosim o‘tkazmoqda.
Maktubda “Harvard”ning boshqaruv tizimini isloh qilish, qabul siyosatini o‘zgartirish, rahbariyat va o‘qituvchilarning qarashlarini tekshirish, kampus hududida niqob taqishni taqiqlash kabi talablar mavjud bo‘lgan.