AsosiyJamiyat

O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

“Growth Lab” markazi 2023-yil natijalari asosida e’lon qilgan so‘nggi reytingda O‘zbekiston 145 davlat orasida 80-o‘rinni egalladi.

'O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi'ning rasmi

“Harvard” universiteti huzuridagi “Growth Lab” markazi 2023-yil natijalari asosida e’lon qilgan so‘nggi reytingda O‘zbekiston 145 davlat orasida 80-o‘rinni egalladi. Bu so‘nggi besh yilda 25 pog‘onaga yuqorilaganini anglatadi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston eksporti yiliga o‘rtacha 20,5% ga oshgan bo‘lib, bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. So‘nggi besh yilda eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qo‘shilgan va ular orqali 2,1 mlrd dollar daromad olingan. Bu esa aholiga jon boshiga 59 dollar foyda bergan.

Eng katta o‘sish transport vositalari (89 foiz), sanoat uskunalari (77 foiz) va elektrotexnika (59 foiz) eksportida kuzatildi.

Taqqoslash uchun: Turkiya 44-o‘rinda, Vetnam 53-o‘rinda, Qozog‘iston 84-o‘rinda (6 pog‘onaga pasaygan), Rossiya 94-o‘rinda, Tojikiston 124-o‘rinda (5 pog‘onaga ko‘tarilgan), Turkmaniston esa 126-o‘rinni egallagan (12 pog‘onaga tushgan).

Harvard tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston hozirda 162 turdagi mahsulot bilan jahon bozorida raqobatbardosh hisoblanadi. 2033-yilgacha mamlakat iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 5,6 foiz ga o‘sishi kutilmoqda — bu dunyoda ikkinchi eng yuqori prognoz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.

    'Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 21:10

    Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi

    Davlat rahbari “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

    'Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 19:38

    Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda

    Prezident viloyatda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 08:58

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    FVV hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini yozmoqda.

    'Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 22:32

    Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

    Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

    'Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 21:56

    Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi

    Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.