AsosiyJamiyat

Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor

Rossiyada jazo oʻtayotgan minglab Oʻzbekiston fuqarolari vataniga qaytarilishi mumkin, ammo bu jarayon hali toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan.

'Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor'ning rasmi

Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaning ma’lum qilishicha, Rossiya 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni jazoni o‘z vatanida o‘tash uchun topshirishga tayyor.

Uning aytishicha, Rossiya bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin O‘zbekiston tomonidan tegishli xalqaro konventsiya ratifikatsiya qilinmaganligi sababli mahkumlarni qabul qilish imkoni hozircha yo‘q.

Moskalkova mazkur masalani MDH inson huquqlari komissiyasi yig‘ilishida ko‘tarib chiqqan. Uning ta’kidlashicha, mahkumlarni topshirish uchun O‘zbekiston 1998 yilda qabul qilingan, jazoni boshqa davlatda o‘tashni nazarda tutuvchi xalqaro shartnomaga qo‘shilishi lozim.

Ma’lum qilinishicha, ushbu konventsiya Rossiyada 1998 yildan beri amal qiladi. Shuningdek, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston ham mazkur kelishuvga qo‘shilgan.

Shartnoma ishtirokchi davlatlar fuqarolariga jazoni o‘z yurtida o‘tash imkonini beradi. Uning asosiy maqsadi mahkumlarga nisbatan insonparvar yondashuvni ta’minlash va ularning jamiyatga moslashuviga yordam berishdan iborat.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:41

    MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    MISIS Olmaliq filiali hamda "Raqam" DK o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    'Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

    Toshkentda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazilmoqda.

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:47

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, bugun respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    '"Qamchiq" dovonida avtomobil xandaqqa tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 03.04.2026 16:34

    "Qamchiq" dovonida avtomobil xandaqqa tushib ketdi

    Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

    'Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila yuz berdi, O‘zbekistonda ham sezildi.'ning rasmi

    Jamiyat 03.04.2026 16:27

    Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila yuz berdi, O‘zbekistonda ham sezildi.

    3 aprel kuni kechqurun Afg‘oniston hududida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

    'Bankrotlik tizimi qayta ko‘rib chiqiladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.04.2026 14:54

    Bankrotlik tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

    Prezidentga tadbirkorni tugatish emas, saqlab qolishga qaratilgan yangi yondashuvlar taklif qilindi.