AsosiySiyosat

Prezident Andijon viloyatiga tashrif buyuradi

Davlat rahbari tashrifi davomida sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni reja qilingan.

'Prezident Andijon viloyatiga tashrif buyuradi'ning rasmi

Bugun, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati  ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashrif davomida yangi korxonalar faoliyati, sanoat, energetika, shaharsozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, joylardagi qurilish va bunyodkorlikni ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat rahbari hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar