AsosiyJamiyat

Vazirlik maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida ID-karta olishni so‘radi

Sababi OTMga kirish jarayonida abituriyentlarning hujjatlarini onlayn topshirish talab etiladi.

'Vazirlik maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida ID-karta olishni so‘radi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport yoki ID-karta olishni so‘radi.

 Xabarda OTMga kirish jarayonida abituriyentlarning hujjatlarini onlayn topshirish vaqtida bitiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etilishi ma’lum qilingan.

Shu sababli 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishi zarur.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

    Boshqa yangiliklar