AsosiySiyosat

Prezident BAA sun’iy intellekt vaziri bilan uchrashdi

Unda generativ sun’iy intellektni energetika sohasida qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

'Prezident BAA sun’iy intellekt vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Presight” kompaniyasi rahbari Tomas Pramotedam, “AIQ” kompaniyasi rahbari Magjan Kenesbay va “Khazna” kompaniyasi rahbari Hasan al-Naqbi, Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti prezidenti Erik Sing ham ishtirok etdi.

“Presight”, “AIQ” va “Khazna” kompaniyalari katta ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Muhammad bin Zoid universiteti sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Uchrashuvda Amirlik kompaniyalari bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish va ularni turli sohalarga muvaffaqiyatli joriy etishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Generativ sun’iy intellektni ishlab chiqish, shu jumladan energetika sohasida "katta til modellari"ni qo‘llash, Toshkentda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti bilan almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz talabalarni o‘qitish dasturini ishga tushirib, bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishni taklif etdi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birgalikda ishga tushirish, texnologik klasterlar tashkil etish va kontaktsiz to‘lov operatsiyalari uchun innovatsion yechimlarni joriy etish rejalari muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 20:51

    Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

    Shuningdek, Mirziyoyev Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    Strategik muhim mintaqaviy loyiha — Transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

    'O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 18:34

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi

    Korxonada yiliga 3-5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    'O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 10 dan ortiq muhim hujjat imzolandi'ning rasmi

    Siyosat 03.07.2025 08:47

    O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 10 dan ortiq muhim hujjat imzolandi

    Ikki mamlakat tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 02.07.2025 22:36

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjondagi "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

    'Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Boku shahrida yangi "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘ydi'ning rasmi

    Siyosat 02.07.2025 21:03

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Boku shahrida yangi "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘ydi

    8,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.