AsosiySiyosat

184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

'184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

 Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini ko‘paytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdarg‘om, Chortoq  va Denov tumanlarida qoniqarsiz.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir mas’ulga aniq vazifa belgilash topshirildi.

Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obyekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash topshirildi.

Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy ko‘cha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablag‘ ham bermagani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan ko‘chada qilish vazifasi qo‘yildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari I.Adhamovga bu borada o‘zgarish qilmaganlarga qat’iy chora ko‘rish topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36

    'Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Siyosat 06.03.2026 10:26

    Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

    Prezident xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

    'Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:32

    Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi

    Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.

    'Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:30

    Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.