AsosiyDunyo

Tramp ikkita davlatga AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi

Ushbu davlatlar AQSHga noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammosini hal qilishmasa, barcha tovarlarga 25 foizlik import bojlari joriy etishi haqida ogohlantirgan.

'Tramp ikkita davlatga AQSH tarkibiga kirishni taklif qildi'ning rasmi

Donald Tramp subsidiyalar o‘rniga Kanada va Meksikani Amerika Qo‘shma Shtatlariga kiritishni taklif qildi. Bu haqda Newsweek jurnali yozmoqda.

Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kanadaga yiliga 100 milliard dollardan ortiq, Meksikaga esa deyarli 300 milliard dollar yuboradi. Tramp bu xarajatlar o‘zini oqlamasligini, agar ushbu davlatlar Qo‘shma Shtatlardan moliyaviy yordam olishni istasa, marhamat qilib, shtatlarga aylanishlarini taklif qilgan.

Donald Tramp avvalroq Kanadani mamlakatning potensial 51-shtati sifatida aytgan edi. Shuningdek, ushbu davlatlar, AQSHga noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammosini hal qilishmasa, barcha tovarlarga 25 foizlik import bojlari joriy etishi haqida ogohlantirgan.

    Boshqa yangiliklar