AsosiyJamiyat

Toshkentda 29 ta “iPhone”ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi

Smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

'Toshkentda 29 ta “iPhone”ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

“Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan 29 dona “Iphone”larning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

“Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda "Toshkent-AERO" IBK Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining Lacetti rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, mashinaning old qismida  5 dona “iPhone 16 Pro Max”, 7 dona “iPhone 16 Pro”, 8 dona “iPhone 15 Pro Max”, 9 dona “iPhone 15 Pro” rusumli, jami 29 dona bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan, muqaddam respublika hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Fuqaro mazkur telefonlarni “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi. 

Smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda. 

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 Ma’lumot o‘rnida, “Toshkent-AERO” IBK tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida 213 ta holatda jami 14 mlrd so‘mlik 4 419 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 22:17

    O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda

    "O‘zgidromet" tezkor gidrometeorologik axborotni e’lon qildi.

    'Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 21:32

    Euronews Toshkentda yangi vakolatxonasini ochdi

    Dunyoning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews vakolatxonasining ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tdi.

    '843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 20:19

    843 nafar fuqaroni aldagan guruh qo‘lga olindi

    Bir guruh shaxslar 25 ta firma (MCHJ) tashkil etib, avtomashina yetkazib berish va’dasi bilan fuqarolar bilan shartnoma tuzishgan. Ulardan 50,1 mlrd so‘m yig‘ilgan bo‘lib, shartlar bajarilmagan.

    'Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 18:50

    Sirdaryoda uxlab qolgan haydovchi "Lacetti"si bilan temir to‘siqqa urildi

    Oqibatda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli transport vositasi Lacetti'ga borib to‘qnashgan.

    'Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 18:25

    Pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi

    Pensiya va g‘aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 30.06.2025 16:08

    Dollarning rasmiy kursi yana o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.