AsosiyDunyo

Xalqaro Jinoiy sud Isroil bosh vazirini hibsga olish uchun order berdi

Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan sobiq mudofaa vaziri Yoav Galant ham joy olgan.

'Xalqaro Jinoiy sud Isroil bosh vazirini hibsga olish uchun order berdi'ning rasmi

Xalqaro Jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Bu haqda xorij OAVlari xabar tarqatdi. 

Netanyahu va Galant 2023 yil 8 oktabrdan 2024 yil mayigacha G‘azo sektorida sodir etilgan "harbiy jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkin", deb hisoblanmoqda.

Bayonotda Isroil G‘azo sektorida urush usuli sifatida ochlik, tinch aholini o‘ldirish, quvg‘in va boshqa g‘ayriinsoniy jinoiy harakatlarni amalga oshirgani qayd etilgan. Shu bilan birga, Netanyahu va Gallantni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami, jumladan, suv, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berishni cheklab qo‘yganlikda gumon qilish uchun jiddiy sabablar borligi alohida ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar