Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 878 ta (295 ta ulgurji va 583 ta chakana) dorixona tomonidan jami 107 773 ta holatda iste’molchilardan 7 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ortiqcha olinganligi aniqlanib, belgilangan tartibda iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rildi. Bu haqida Raqobat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Xususan, 405 ta (162 ta ulgurji va 243 ta chakana) dorixonalar tomonidan dori vositalariga belgilangan narxlarni oshirib qo‘llash natijasida 58 318 ta holatda jami 2 mlrd so‘mga yaqin olingan asossiz pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlari tiklash choralari ham ko‘rilgan.
Bundan tashqari, dori vositalarining narxlarini oshirilishi yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolardan 800 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijasida 100 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlangan.