AsosiyJamiyat

Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qaroriga muvofiq, tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi.

'Tamaki va alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi belgilandi'ning rasmi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining "O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Yo‘riqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.

Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar "Davlat belgisi" DUKga  ushbu shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadi.

Importchilar Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladi.

Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:

  • respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
  • bojsiz savdo qiluvchi do‘konlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
  • Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda, ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltirilayotgan;
  • xalqaro tranzit bo‘yicha O‘zbekiston olib kelinayotgan va olib chiqishga mo‘ljallangan;
  • jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan aksizsiz olib kirish me’yorlari doirasida keltirilayotgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01 noyabrdan kuchga kirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin chorakorlar ko‘rish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    'Andy havo tozalagichlar uchun boj to'lamaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:03

    Andy havo tozalagichlar uchun boj to'lamaydi

    Hozirda O'zbekistonga maishiy havo filtrlari olib kirishda bojxona to'lovi undirilmaydi.

    'Zoyir Mirzayev: “Tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak ko‘payapti”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:15

    Zoyir Mirzayev: “Tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak ko‘payapti”

    Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar o‘rtasida saraton kasalliklari ko‘payishini ularning tandirda non yopmasligi bilan bog‘ladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.