AsosiyJamiyat

Bugundan boshlab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 2 oyga yopildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda.

'Bugundan boshlab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar 2 oyga yopildi'ning rasmi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining xabar berishicha, tumanga qarashli “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga to‘la mos tarzda ta’mirlanmoqda.

Shu munosabat bilan 18 oktyabr soat 14:00dan boshlab, 20 dekabrga qadar ushbu ko‘chaning  Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan,  Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopilgan.

    Boshqa yangiliklar