AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi

O‘zbekistonda “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushirilishi kutilmoqda.

'Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 oktyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha katta marralar belgilangan. Bunda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya masalalari muhim ahamiyatga ega. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 fevraldagi farmoniga asosan, sohadagi davlat boshqaruvi takomillashtirildi hamda yangi vazifalar qo‘yildi.

So‘nggi yillarda 12 mingta standart tasdiqlangan edi. Yil boshidan buyon yana 1 ming 40 ta xalqaro standart qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida 29 ta texnik reglament ishlab chiqildi. Bular sanoat korxonalari va tadbirkorlarga yetkazilib, sertifikatlar olishiga ko‘maklashilayapti.

Mutasaddilar sohada qilingan ishlar, yil yakunigacha va keyingi yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha axborot berdi.

Davlatimiz rahbari tashqi bozorlarga chiqish uchun samarali texnik tartibga solish tizimi shartligini ta’kidlab, qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi.

Bugungi kunda yurtimizdagi 269 ta laboratoriyadan atigi 64 tasida o‘tkazilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Oqibatda tadbirkorlar mahsulotlarini eksportga olib chiqishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

Shu bois xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, elektr texnikasi, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10 ta yangi laboratoriya tashkil qilish zarurligi aytildi.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidan bormoqda. Texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilikni ushbu tashkilot talablariga moslashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Bu yil 340 ta milliy standart, 2025 yil yakunigacha yana 38 ta reglament ishlab chiqiladi. 28 ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish ham muhim. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.

Sohada sifat va samarani ta’minlash uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislar kerak. Shu bois sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36

    'Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Siyosat 06.03.2026 10:26

    Mahkum ayollar uchun “Yangi hayot” dasturi yo‘lga qo‘yiladi

    Prezident xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi ayollarni ijtimoiy hayotga qaytarish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

    'Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:32

    Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etiladi

    Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.

    'Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 15:30

    Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

    'Mahalliy dorilar ulushi 2030 yilgacha 70 foizga yetkaziladi'ning rasmi

    Siyosat 05.03.2026 10:19

    Mahalliy dorilar ulushi 2030 yilgacha 70 foizga yetkaziladi

    Prezident farmatsevtika sohasiga bu yil kamida 1 milliard dollar sarmoya jalb qilinishini ma’lum qildi.

    'Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi'ning rasmi

    Siyosat 04.03.2026 15:17

    Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.