AsosiyJamiyat

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi

1 yanvardan intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi.

'Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi'ning rasmi

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-344-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

2024–2027 yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlari.

Agentlik tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.

Bunda:

2025 yil 1 yanvardan:

  • intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
  • suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiya suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha belgilanadi;
  • “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  • ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi.
  • ko‘chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024 yil 1 oktyabrdan bekor qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi

    Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

    Mazkur holat jamoatchilik orasida turli talqin va taxminlarga sabab bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati jazoning negi yengilroqqa o‘zgartirilgani bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

    '"Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:41

    "Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"

    Baxtiy Toshkentiyning oʻgʻli Bekzod Zafarov panjara ortidagi hayoti haqida gapirib berdi.

    'AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:23

    AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    Америка Қўшма Штатларида ноқонуний бўлиб турган 44 нафар Ўзбекистон фуқароси ватанга қайтарилди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:38

    'Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:00

    Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi

    Ayni paytda ushbu yopiq turdagi ayollar jazoni ijro etish koloniyasida saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning ahvoli o‘rganildi.