AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi

Davlat rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

'Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uzunligi 11 kilometr, eni 86 metr bo‘lgan bu ko‘cha so‘nggi yillarda eng katta yo‘llardan biriga aylandi. Shaharning kengayishi va Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan kelib chiqilsa, uning kelajagi ham istiqbolli. 
Shu bois, davlatimiz rahbarining 2022 yil 30 iyundagi qaroriga asosan, Yangi O‘zbekiston ko‘chasida ishbilarmonlik markazi qurilishi va yo‘li bo‘yi infratuzilmasi rivojlantirilishi belgilangan edi. Unga muvofiq, direksiya tuzilib, me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, ko‘chaning ikki tomonida milliy ruhga uyg‘un zamonaviy turar joylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Sayilgoh va ko‘ngilochar maskanlar, piyoda va velosiped yo‘lakchalari tashkil etiladi.

Ma’lumki, bu yerda “Toshkent-Sharqiy” aeroporti va Olimpiya shaharchasi ham qurilmoqda. Prezidentimiz ushbu inshootlar atrofini hamda ularga olib boruvchi yo‘l bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Bu galgi tashrif chog‘ida shu boradagi landshaft dizayni takliflari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikki tarafi yanada obod qilinadi. Chinor, eman, lola daraxti, katalpa, pisardiya, kiparis, hind nastarini, lavanda, Suriya atirguli kabi daraxt va butalar dekorativ shaklda ekiladi. Aeroport oldida ikkita favvora barpo etiladi. Umuman, bu hudud Toshkentning “yashil belbog‘i”ning bir qismi bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari landshaft kompozitsiyasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Bu yerda ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.

    'Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 17:22

    Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi

    Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qashliq va qishloqlarda qashshoqlikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Denov va Chiroqchi tumanlaridagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi va mansabdorlar lavozimidan ozod etildi.