“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun Farg`ona vodiysi viloyatlarida va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ertalab biroz qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo`ladi.






