Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosida poezd ishlamay qolgani aks etgan video paydo bo`ldi.
Mazkur holatga Toshkent metropoliteni izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 7 fevral kuni soat 08:55 larda Chilonzor yo`nalishining "Hamid Olimjon-Amir Temur xiyoboni" peregonida harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Buning natijasida, ushbu harakat tarkibi 3 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Shu sababli ortdan kelayotgan 4-sonli harakat tarkibi bilan tirkamaga olingan holda harakat tarkibi tekshiruv yo`lagi tomon yuborilgan.
Hozirgi vaqtda yo`nalishda poezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.
"Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo`lovchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






